Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzcard» xakerlar oldida zaifmi?

«Uzcard» xakerlar oldida zaifmi?

Foto: «Xabar.uz»

7 noyabr kuni «Biznes Laboratoriyasi» O‘zbekistonda AKT yakunlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Mutaxassislar «Uzcard» tizimi xakerlar qarshisida zaif, degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, O‘zbekistonga internet-do‘konlari bozori ommaviy ravishda kirib kelsa, xaridorlarning pul mablag‘lari xavf ostida qolishi, bu esa sarmoyadorlar uchun katta to‘siq va qo‘rquvni keltirib chiqarishi muhokama qilindi, deb yozadi «Kun.uz».

Nashr Yagona umumrespublika protsessing markazi bosh rahbari Ahror Mahmudov bilan «Uzcard» tizimining maqsadi, tizim qay darajada xavfsiz va kompaniya ommaviy uzilishlar chog‘ida qanday choralar ko‘rishi haqida suhbatlashdi.

«Uzcard» tizimining xakerlar oldida qanchalik zaif ekanligi xususidagi savolga Ahror Maxudov quyidagicha javob bergan.

— Keling, eng boshidan boshlaymiz. «Uzcard» tizimi EMV’ning eng so‘nggi xalqaro standartiga javob bergan holda faoliyat olib boradi, hozirgacha ushbu standartning yangilangan ko‘rinishi joriy etilmagan. Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) har yili Payment Card Industry Data Security Standard (PCI DSS) xalqaro standarti bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi. Biz to‘lov tizimi sifatida barcha sinovlardan o‘tkazilamiz. Agarda biz o‘tgan yili muvaffaqiyatli tekshiruvlardan o‘tgan bo‘lsak, bu joriy yilda ham attestatsiya kafolatlanganini anglatmaydi. Har yili standart yangi talablarni joriy etmoqda va tizimni yangi talablarga moslashtirish kerak bo‘ladi. Muvofiqlashtirish uchun esa biz katta resurslarni, jumladan, moliyaviy resurslarni jalb etamiz. Auditorlar «Uzcard» tizimini to‘liq tahlil qilib chiqadi va agarda biror bir nuqson, kamchilik va zaiflik aniqlansa, u holda biz tomondan ularni to‘g‘rilash talab etiladi. Auditorlarning barcha talablariga javob bergan holda, biz sertifikatlashtirilamiz. «Uzcard» tizimida bu kabi masalalarni hal etish uchun ichki xavfsizlik bo‘limi faoliyat olib boradi. Bizning xalqaro standartlarga moslashishdan boshqa yo‘limiz yo‘q. Shu sababdan bizning zaifligimiz haqidagi uydirmalarning bildirilishiga hech qanday asos yo‘q. Agarda asossiz ravishda bunday fikrlaydigan bo‘lsak, u holda dunyoning barcha to‘lov tizimlari zaif hisoblanadi. Ishonch bilan ayta olamanki, biz 99,9 % ga himoyalanganmiz, 0,1 % esa bu bazaga zarar yetkazadigan xavf bo‘lib, hech kim bu xavfdan himoyalanmagan. Bu xavf nafaqat «Uzcard» tizimiga, balki MasterCard va VISA ham tegishlidir.

Hukumat tomonidan «Uzcard» tizimi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash uchun javobgar etib belgilab qo‘yilgan. Biz o‘z vazifamizni bajaryapmiz. Misol uchun, agarda biror bir bank yangi ATM qurilmalari sotib olishga qaror qilgan bo‘lsa, albatta u bizning tekshiruvimizdan o‘tishi lozim, va biz uni tekshirib bo‘lganimizdan so‘ng, talablarga moslik haqidagi ruxsatnoma beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring