Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abu Dabida ilk bor O‘zbekiston paviloni namoyish etiladigan festival ochilish arafasida

Abu Dabida ilk bor O‘zbekiston paviloni namoyish etiladigan festival ochilish arafasida

Abu Dabida BAAning madaniy tarixiy merosiga bag‘ishlangan Shayx Zayid festivali ochilishiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Unga turli davlatlardan o‘n minglab mehmonlar tashrif buyuradi. Avvalroq Abu Dabidagi festivalda ilk bor O‘zbekiston paviloni namoyish etilishi haqda xabar bergan edik.

«Bizning asosiy vazifamiz mamlakat aholisi va turistlar e’tiborini Amirlik tarixi va milliy xususiyatlariga qaratishdir. Bu yil tadbirning geografik chegaralari sezilarli darajada kengaydi va biz O‘zbekiston o‘zining takrorlanmas dasturi bilan ishtirok etayotganidan xursandmiz», - deydi festival tashkilotchi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Xumeyd Al Neyyadi.

30 noyabr kuni Al-Vasba tumanida «BAA: jahon madaniyatlari to‘qnashuv nuqtasi» shiori ostida mehmonlar kutib olindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi festivaldagi eng katta ekspozitsiyani namoyish etdi. Pavilon ulkan Registon maydoni shaklida bo‘lib, yon atrofidagi hujralarda xunarmandchilik, naqsh o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, so‘zana tikish san’ati kabi o‘zbek milliy madaniy meroslari ekspozitsiyalari va amaliy san’at yaralishini namoyish qiluvchi miniatyura rassomlari o‘rin egallagan.

Festival mehmonlari o‘zbek milliy raqslari lazgi, tanovar va munojot, maqom va baxshilar kuylari, doirachi va dutorchilar san’atidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Dasturning asosiy tadbirlari 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Milliy hunarmandlar va oshpazlar tomonidan master klasslar tashkil etilib, o‘zbek milliy liboslari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbek milliy madaniy paviloni markazida esa katta qozonda 10 ming kishilik osh pishirilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, festival davomida tashrif buyuruvchilar va nufuzli mehmonlar uchun «O‘zbegim» va «Maqom» kitob albomlarining rasmiy taqdimot marosimi o‘tqazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring