Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda er o‘z xotinini ilon bilan o‘ldirdi

Hindistonda er o‘z xotinini ilon bilan o‘ldirdi

Foto: «Google.com»

Erkak xotinini ikki marta ilon yordamida narigi dunyoga ravona qilishga uringan, lekin birinchi suiqasddan so‘ng ayol omon qolgan.

Hindiston sudi erkakni to‘shakka kobra tashlab xotinini o‘ldirishda aybdor deb topdi va ikki marta umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Straits Times xabar bermoqda.

28 yoshli Suraj Kumar 2020-yili rafiqasi Utraning o‘limidan so‘ng hibsga olingan. Politsiya Surajni gumon qilib, ayolning o‘limini qotillik sifatida tekshirdi. Erkak ayolini mahri — 500 ming rupiya (chamasi 71 mln so‘m) va yangi mashina uchun o‘ldirgani aytilmoqda.

O‘tgan yilning may oyida mamlakat janubida 25 yoshli uy bekasi uyida o‘lik holda topilgan. Ayolning oilasi darrov shubha-gumonga borishgan. Chunki fojiadan bir necha hafta oldin uni Rasselni zaharli ilon chaqib olgan edi. Lekin o‘shanda u omon qolgandi.

Tergovchilar har ikkala urinish ortida Suraj turgan degan xulosaga kelishdi. U bilan birga ilonlarni yetkazib berishga yordam bergan odam ham hibsga olingan — u mazkur ishda asosiy guvoh sifatida ishtirok etgan.

13-oktyabr kuni sud Suraj Kumarni xotini uxlab yotganida karavotga kobra tashlaganlikda aybdor deb topdi. Bundan oldin xotinini albatta chaqishi uchun sudraluvchi jonivorni rosa qiynagan.

Prokuratura «qora beva» uchun o‘lim jazosini talab qilganiga qaramay, sudya uni ikki marta umrbod qamoq jazosi va 500 ming rupiya miqdorida jarima jazosiga hukm qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring