Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi

Bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi

Tojikistonning Xatlon viloyatida bir oilaning uch nafar a’zosi is gazidan zaharlanish tufayli vafot etdi, deya xabar berdi «Asia Plus».

11-fevral kuni marhumlarning uyidan 49 yoshli Zokir Shokirov va uning ikki nafar farzandi—19 yoshli Anas va 18 yashar Madinaning jasadi topilgan.

Ekspertiza natijalari haqiqatdan ham Shokirovlar is gazidan halok bo‘lganini tasdiqlagan — u pechkadagi ko‘mirdan tarqalgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 2017-yil dekabrdan beri shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘lmagan. 2017-yil 1-dekabr kuni So‘g‘d viloyatida is gazidan zaharlangan ikki kishining jasadi topilgandi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring