Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy bankning kassa mudiri 270 ming dollar o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda

Milliy bankning kassa mudiri 270 ming dollar o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda

Foto: «Podrobno.uz»

Toshkentda bankdan 270 ming AQSh dollarini o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV rasmiy saytida xabar berildi.

Xabarda aytilishicha, 25-iyun kuni Toshkent shahar IIBBga O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining filiali rahbariyati tomonidan 270 ming dollar yo‘qotilganligi to‘g‘risida ariza kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, TIF milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi «Akademik» filiali kassa mudiri Sh.Yu. moddiy javobgar shaxs bo‘la turib, o‘ziga ishonib topshirilgan 1-sonli plombirator bilan muhrlangan 389 ming AQSh dollarini bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilib olgan. So‘ngra qopni o‘zining xizmat xonasiga olib kirib, ichidan 270 ming AQSh dollarini o‘zlashtirgan hamda qopni qayta muhrlab, qolgan pullarni bank omboriga topshirib, voqea joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.Yu. qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring