Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vafot etgan fuqarolarga pensiya to‘langani aniqlandi

Vafot etgan fuqarolarga pensiya to‘langani aniqlandi

Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi, Quva va Farg‘ona tuman bo‘limlarida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi.

Bunda pensiya tayinlash komissiyalari tomonidan hujjatlar to‘liq o‘rganilmaganligi tufayli budjet mablag‘lari ortiqcha sarflanganligi, vafot etgan fuqarolar nomiga 19,6 mln so‘m pensiya to‘langanligi va boshqa qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Mazkur qonun buzilishlar, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taqdimnoma viloyat prokuraturasi xodimlari ishtirokida boshqarma va uning hududiy bo‘limlari xodimlarning kengaytirilgan yig‘ilishda muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Muxokama natijalari bo‘yicha mansabdor va mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring