Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vaksinatsiya, vaksinatsiya va yana vaksinatsiya» – Prezident xalqqa murojaat qildi

«Vaksinatsiya, vaksinatsiya va yana vaksinatsiya» – Prezident xalqqa murojaat qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu yig‘ilishda davlat rahbari xalqimizga murojaat qildi.

«Fursatdan foydalanib xalqimizga murojaat qilmoqchiman.

Nuroniylarimizga, farzandlarimizga, hammaga juda ehtiyot bo‘laylik. Pandemiya yana o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatyapti. Bu ko‘rinmas dushman biz bilan juda katta kurash olib boryapti. Shuning uchun: vaksinatsiya, vaksinatsiya va yana vaksinatsiya. Juda katta mashaqqatlar bilan biz vaksinalarni olib kelyapmiz. To‘rtinchi avgust kuni yana uch million yangi doza vaksinalar Amerikadan olib kelinadigan bo‘ldi. Hozir 2,5 million doza vaksinalarimiz bor, lekin haliyam odamlarimiz vaksinalarga ishonishmayapti, juda katta yo‘qotish bo‘lyapti oramizda. Sog‘lig‘imizga e’tiborli bo‘lishimizga yana bir marta da’vat qilmoqchiman. Befarq bo‘lmaylik. Ko‘rinmas dushman yonimizda yuribdi. Ko‘ryapsizlar, yana shifoxonalarimiz to‘lib ketdi. Ularni yopgan edik bir vaqtlar... Qanday og‘ir keldi hozirgi pandemiya va qachon tugaydi, hech kim bilmaydi», dedi prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring