Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vakuum poyezd qanday harakatlanadi? (video)

Vakuum poyezd qanday harakatlanadi? (video)

Foto: «Hi-News»

Vakuum poyezdi haqida ilk bor Robert Gover 1909-yilda «Scientific American» jurnalida ma’lum qilgan. U avtomobillarni vakuum truba ichida magnit levitatsiya hisobiga harakatlantirishni taklif etgan.

Rossiyalik professor Bores Veynberg 1910-yilda dunyoda ilk bor elektromagnit maydon hisobiga jismni vakuum trubada harakatlantirgan. Biroq Birinchi jahon urushi sabab uning izlanishlari to‘xtab qolgan. 2012-yilda esa Elon Mask o‘zining «Hyperloop» loyihasini taqdim etdi va uning ustida hamon ish olib borilmoqda, deb xabar beradi «Hi-News».

«Hyperloop» yo‘nalishning boshi va oxirini birlashtirib turuvchi ikkita parallel trubadan iborat yer usti magistral yo‘li ko‘rinishiga ega. Yo‘nalishlarning birida uzunligi 25-30 metrli bittalik kapsulalar soatiga 480 dan 1220 kilometr tezlikkacha harakatlanadi. Loyihaga ko‘ra harakatdagi kapsulalar oralig‘idagi vaqt atiga 30 soniyaga teng. Muhandislar ikkita tizim variantini taqdim etgan — yo‘lovchilar va yo‘lovchi-yuklar. Birinchi variantda truba diametri 2,2 metrga teng bo‘ladi va uning ichidagi kapsulaga 28 kishi sig‘adi. Ikkinchisida esa, diametri 3,3 metrli trubadan foydalaniladi. Bunda kapsulaga nafaqat odamlar, balki uchtagacha avtomobil ham sig‘adi.

Ta’kidlash kerakki, «Hyperloop» mutlaq vakuum poyezd hisoblanmaydi. Poyezning harakatlanishi uchun 100 Paskal bosim ham yetarli.

Kapsula liniyali elektrodvigatel hisobiga harakatga keltiriladi. Har 110 kilometrga o‘rnatilgan uzunligi 15 metrga teng alyuminiyli rels stator vazifasini bajaradi. Rotor esa hamma kapsulada bo‘ladi, uning doimiy quvvati atiga 100 kilovattga teng. Bundan tashqari kapsulalarga 1,5 tonna akkumulyator ham o‘rnatiladi. Mazkur akkumulyatorlar quvvati 45 daqiqaga yetadi.

Vakuum poyezdlarining dastlabki liniyalari Hindiston, AQSh, Birlashgan Arab Amirliklari va Janubiy Koreyada quriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring