Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir ayollarni tabrikladi

Vazir ayollarni tabrikladi

Foto: «Mitc.uz»

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda soha rahbari Shuhrat Sodiqov vazirlikda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni go‘zallik va nafosat bayram bilan tabrikladi.

Ta’kidlanganidek, ayol oila va jamiyatning haqiqiy tayanchi. Oilada mehribon ona, vafoli yor bo‘lish bilan birga, xizmat faoliyatida ham ulkan marralarga erishayotgan, jonkuyar, fidoyi kasbdosh, vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch va g‘ayratini safarbar eta olgan, o‘z bilim va tajribasi bilan yosh avlodga o‘rnak bo‘layotgan samimiy, jonkuyar ustoz hamdir.

«Yildan-yiilga xotin-qizlarimizning jamiyat va mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari ortib bormoqda. Jumladan, AKT sohasida bugungi kunda 27 mingdan ortiq mutaxassis mehnat qilayotgan bo‘lsa, ularning 9 433 nafarini ayollar tashkil etishi, 363 nafar ayol rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotganini yurtimizda hotin-qizlarning har sohada o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun yetarli sharoit yaratilganidan dalolatdir», deyiladi AKT vazirligi axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring