Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuzilayotgan yangi vazirlik, bekor bo‘layotgan boj to‘lovlari, MIBga taklif qilingan pora, banklarning konversion amaliyoti, O‘zbekistondagi zumrad ko‘l va boshqa xabarlar

Tuzilayotgan yangi vazirlik, bekor bo‘layotgan boj to‘lovlari, MIBga taklif qilingan pora, banklarning konversion amaliyoti, O‘zbekistondagi zumrad ko‘l va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 2-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Eksklyuziv video: «Oldimizda qanday yo‘l turganini Manas misolida ko‘rsatmoqchiman»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 30-mart kuni Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘iga borgan edi. Tarixdan ma’lumki, Katta Farg‘ona kanali jasoratlarcha 45 kunda qazib chiqilgan edi, Manas qishlog‘i ham 45 kunda obod bo‘ldi.

O‘zbekistonda yana bitta vazirlik tuziladi

Barcha tadbirkorlik sub’yektlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar qurilishi doirasida tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish bo‘yicha tanlov (tender) savdolarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqi beriladi.

Jamiyat

Qashqadaryoda ikki oyda 400 dan ortiq oila buzildi

Shuningdek, Kitob tumanida 58 ta (o‘sish 9 ta), Nishon tumanida 16 ta (o‘sish 7 ta), G‘uzor tumanida 16 ta (o‘sish 7 ta) oilaviy ajrimlar hisobga olingan.

To‘raqo‘rg‘on IES qachon ishga tushishi ma’lum qilindi

«O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi Namangan hududiy bo‘limi inspektori Sherzod Hojiyevning ta’kidlashicha, mazkur muhim loyiha bo‘yicha bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotiga a’zo bo‘ladimi?

Ayni paytda O‘zbekiston XMTga a’zo emas. Mazkur tashkilot vazifasiga migratsiya masalalarini hal qilishda ko‘maklashish, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kiradi.

O‘zbekistonda 500 dan ortiq mahsulotga boj to‘lovlari bekor qilinishi mumkin

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi loyihalashtirish boshqarmasi milliy agentligi «Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va boj-tarif tartibga solinishini takomillashtirish to‘g‘risida»gi hujjat loyihasini e’lon qildi.

Alisher Usmonov boyligini kimga qoldiradi?

Ekspertlar fikriga ko‘ra, boy-badavlat ishbilarmonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorislari har doim ham eng mos keladigan boshqaruvchi bo‘la olmaydi.

Dunyoda nechta fan bor? Ularning nechtasi O‘zbekistonda o‘qitiladi?

Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida 23 ta o‘quv fani o‘qitiladi. Ushbu o‘quv fanlari o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash uchun eng zarur bo‘lgan bilimlar majmuini qamrab oladi. 

Madaniyat

Chingiz Aytmatovning 90 yilligini nishonlash bo‘yicha Prezident qarori imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2-aprel kuni «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida» qarorni imzoladi.

Hodisa

Shahrisabzda 78 yoshli chol jinoyatga qo‘l o‘rdi

Ayni paytda holat bo‘yicha N.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

12 kunda mashinasining oynasini qoraytirgan 500ga yaqin haydovchi aniqlandi

YTH oqibatida 248 nafar fuqaro jarohatlangan, ularning orasida halok bo‘lganlar ham bor.

Chilonzorda tashlab ketilgan bir necha kunlik chaqaloq shifoxonaga joylashtirildi

Uning onasini aniqlash choralari ko‘rilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xivada fuqaro MIB xodimiga pora taklif qildi

Mazkur holat bo‘yicha fuqaroga nisbatan to‘plangan hujjatlar hamda daliliy ashyolar tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazish uchun Xiva shahar prokuraturasiga yuborildi.

Sport

Ser Aleks Fergyuson terma jamoada: ilk va so‘nggi imkon

Durang Shotlandiyani keyingi bosqichga olib chiqdi. Fergyuson futbolchilarni vazifani bajarganliklari bilan tabriklab, tibbiyot xonasiga shoshildi. Eshik yonida diskvalifikatsiya qilingan jamoa sardori Grem Suness yig‘lab turardi: «U o‘lganga o‘xshaydi...».

Iqtisodiyot

Dollar va yevro kursi keskin pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 3-apreldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Naqd xorijiy valyuta chindan ham berilayaptimi?

Xo‘sh, banklar konversion kartalardan xorijiy valyutani naqdlashtirib berishni boshladimi? Bir kartadan qanchagacha naqd pul yechib olish mumkin? Buning uchun qancha miqdorda komissiya olinadi?

Texnologiya

Samarqandda ajab-ajab ishlar

Samarqandda mashinada o‘tirib kino ko‘radigan kinoteatr haqida yozgan edik. Keyinroq g‘alati kutubxonalar qurilayotganini ham xabar qilgandik. Bugun ana shu ishlarni qilib yurgan yigitlar yana bir g‘alati yangilikka qo‘l urishdi. Dronlar bilan fermerlarning ekanlariga dori sepib berishdi.

Toshkent viloyatida «Aqlli shahar» qurilishi uchun 246,2 gektar yer maydoni ajratiladi

Aqlli shahar» konsepsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Dunyo

BMT omborxonalari kulga aylandi

Yong‘inning sababi hanuz aniqlanmagan. Biroq voqea joyiga yetib borgan o‘t o‘chirishga mas’ul xodimlardan birining aytishicha, elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuvlar oqibatida yong‘in yuz bergan.

Erdo‘g‘on Isroilni terror siyosatida aybladi

Turkiya tashqi ishlar vazirligi Isroildan tezda tinch namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishni bas qilishni talab qilgan.

Misrda prezident saylovi: saylovchilar Muhammad Salohga «ovoz» berishdi

Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra, saylovlarda aholining 40,08 foizi ishtirok etgan. 1,5 millionga yaqin byulleten atayin noto‘g‘ri belgilangan.

Tavsiya qilamiz

Ikkita savolim bor...

2018—2019-o‘quv yilida kollej va litsey bitiruvchilari 11-sinf o‘quvchilari bilan birga o‘qishni tugatib, birga kirish imtihonlarini topshirishadi. O‘qitilayotgan dasturlar esa ikki xil. Test savollari qaysi dastur asosida tuziladi? Ikki xillik bo‘lsa adolat buzilmaydimi?!

Fotosayohat. O‘zbekistonda zumrad ko‘l borligini bilasizmi?

Kimdir sizga «Damas» avtomobilida bu yerga sayohat uyushtirib berishni taklif qilsa, buni rad eting. Mahalliy aholi bilan suhbatda ma’lum bo‘lishicha, bu daralarda «Damas»da yurish hayotni garovga qo‘yish bilan barobar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring