Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik o‘qituvchi ustidan pul sochgan talabalar videosiga izoh berdi

Vazirlik o‘qituvchi ustidan pul sochgan talabalar videosiga izoh berdi

Foto: «Nuz.uz»

Internetda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining birida talabalarning o‘qituvchini masxara qilgani aks etgan video tarqaldi.

Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda ko‘rinadiki, talabalar o‘qituvchining ustidan dollar sochib, raqsga tushishni taklif etadi. Orqa planda musiqa eshitilib turibdi, talabalarning biri bu voqealarni videoga olgan.

«Nuz.uz» sayti ushbu masala yuzasidan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlik matbuot xizmati ushbu video taxminan o‘n yillik tarixga ega eganini aytgan.

«Ha, «oltin yoshlarimiz» iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisini mazax qilishga urinib ko‘rgan edilar. Biroq bu taxminan o‘n yillar oldin ro‘y bergan. O‘shanda bu voqea ishtirokchilarining barchasi qilmishiga yarasha jazo olgan edi», — dedi vazirlik matbuot kotibi Marat Zokirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring