Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik OTMlarda o‘qish qachondan boshlanishini ma’lum qildi

Vazirlik OTMlarda o‘qish qachondan boshlanishini ma’lum qildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yangi bayonot bilan chiqdi.

Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, talaba-o‘quvchilarning o‘z ta’lim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring