Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik o‘zi tarqatgan axborotni asossiz deb chiqdi

Vazirlik o‘zi tarqatgan axborotni asossiz deb chiqdi

«Sog‘lom turmush tarzi» platformasi to‘xtatilganiga oid xabarlar asossiz ekanligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Unga ko‘ra, Turizm va sport vazirligining sport yo‘nalishidagi saytida 1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvchilariga pul to‘lash VAQTINChA to‘xtatilgani haqida asossiz xabar berilgan.

«Sog‘lom turmush tarzi» platformasi 1hls.uz veb-sahifasi davlatimiz rahbarining «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 6099-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 253-sonli qaroriga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.

Turizm va sport vazirligi axborot xizmati mazkur xabarni yetkazishda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun uzr so‘ragan holda, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi ishlashda davom etishini ma’lum qiladi. OAV vakillari va aholini chalg‘ituvchi xabar bergan xodimga esa tegishli ogohlantirish berilganini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring