Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Vikipediya»da O‘zbekiston OTMlarining sahifalari paydo bo‘ladi

«Vikipediya»da O‘zbekiston OTMlarining sahifalari paydo bo‘ladi

Skrin: «uz.wikipedia.org»

O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari «Vikipediya»da o‘z sahifasini ochadi va uni 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz) yangilab boradi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari tomonidan imzolagan va barcha OTM rektorlari va filiallar direktorlariga yuborilgan xatga ko‘ra, mazkur topshiriqning ijro muddati 2019-yil 20-fevral etib belgilangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan ilova ijrosini ta’minlash maqsadida «Vikipediya» internet-ensiklopediyasini O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirish, shuningdek, «Vikipediya»ning o‘zbek tilidagi versiyasi mundarijasini boyitish bo‘yicha vazirlik va idoralarning qo‘shma rejasi tasdiqlangan.

«Vikipediya» internet-ensiklopediyasida 2019-yil 12-yanvar holatiga ko‘ra, o‘zbek tilidagi maqolalar soni 130 252tani tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring