Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Villash-Boash jurnalistga: «Hali qo‘limga tusharsan!»

Villash-Boash jurnalistga: «Hali qo‘limga tusharsan!»

Foto: «Sport-Ekspress»

«Marsel» bosh murabbiyi Andre Villash-Boash o‘z boshiga muammo orttirib oldi. Gap shundaki,  portugaliyalik mutaxassis fransuz jurnalistiga bosim o‘tkazishga uringan.

«La Provence» gazetasida maqola chiqqandi, unda Villash-Boashning «Marsel» klubidagi ishlari ayovsiz tanqid qilingan. «Renn» bilan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘sha maqola muallifiga ko‘zi tushib qolgan marselliklar murabbiyi shunday dedi: «O‘sha ohangda davom et. Hali qo‘limga tusharsan».

Villash-Boash jahli chiqqanida asabini jilovlay olmasligi oldin ham kuzatilgan. Birgina misol.

Fransiya sport jurnalistlari ittifoqi Villash-Boashning so‘zlariga darhol javob qaytardi. Uyushma murabbiyni so‘z erkinligiga tahdid qilish hamda Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik uchun aybni matbuotga ag‘darishda aybladi. Jurnalistlar o‘z hamkasblariga tahdid javobsiz qolmasligiga umid qilishyapti.

Andre Villash-Boash «Portu», «Chelsi», «Tottenhem», «Zenit», «Shanxay SIPG» kabi klublarni boshqargan. 2019-yildan Marselda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring