Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Visa» to‘lov kartalariga barmoq izi skaneri qo‘shildi

«Visa» to‘lov kartalariga barmoq izi skaneri qo‘shildi

Foto: «NV.ua»

«Visa» kartalarga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri yordamida tranzaksiyalarni amalga oshirishni «Mountain America Credit Union» va «Bank of Cyprus» banklari o‘rtasida sinovdan o‘tkazishni boshladi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Taklif etilgan barcha variantlar orasida do‘konlarda to‘lovlarni amalga oshirish uchun autentifikatsiya vositasi sifatida barmoq izi orqali biometrik identifikatsiyani amalga oshirish taklifi eng ko‘p ovoz to‘pladi (50 foiz)», — deyiladi xabarda.

Buning uchun foydalanuvchilar o‘zining biometrik ma’lumotlarini tizimga kiritib qo‘yishlari lozim bo‘ladi. Kompaniyadagilarning tasdiqlashicha, mijozga tegishli ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash maqsadida barmoq izlari faqatgina kartada saqlanadi.

«Visa» egasi barmog‘ini kartaga o‘rnatilgan skaner-chipga tekkizganida tranzaksiya tasdiqlansa, kartadagi indikator yashil rangda yonadi, agar amalga oshmasa — qizil. Agarda barmoq bosilmasa, an’anaviy ravishda PIN-kod orqali to‘lov amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring