Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Volkswagen Caddy tez tibbiy yordamni tezlashtiradi (video)

Avval xabar berganimizdek, 24 sentyabrdan boshlab «Jizzax avtomobil zavodi» tomonidan tibbiyot muassasalariga Volkswagen Caddy rusumidagi tez yordam avtomobillarini yetkazib berish boshlandi.

Prezidentning 2021 yil 27 maydagi «Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori doirasida respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligiga mamlakatimizda tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021 yil 1 oktyabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish topshirilgan edi.

Hozirgi vaqtda Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomashinalarining A toifali tez tibbiy yordam mashinalari tibbiyot muassasalariga yetkazib berila boshlangan. Ushbu 1000 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomashinalari «Damas» rusumidagi amaldagi muddati tugagan avtomobillar o‘rnini egallamoqda.

Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomobillari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xalqaro talablarga muvofiq tarzda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobil ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarning qulay tarzda joylashtirish imkonini beradi.

Volkswagen Caddy tez yordam avtomobillari shahar transportida yuqori sifat va yaxshi texnik ko‘rsatkichlar bilan ajralib turadi. Zarurat bo‘lganda, bemorga harakatni to‘xtatmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinada tibbiy yordam ko‘rsatilishi mumkin. Shu sababli aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirish uchun Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomobillari tanlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring