Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«WASP-107b» sayyorasida geliy borligi aniqlandi

«WASP-107b» sayyorasida geliy borligi aniqlandi

Xalqaro tadqiqot guruhi «Hubble» kosmik teleskopining  infraqizil spektrometri asbobidan foydalanib, Yerdan 200 yorug‘lik yili uzoqlikdagi «WASP-107b» sayyorasida geliy borligini aniqladi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

«Ushbu sayyorada geliy vodoroddan keyin eng ko‘p uchraydigan element. Quyosh tizimidagi Yupiter va Saturn sayyoralari asosan geliydan tarkib topgan. Bugungacha boshqa sayyoralarda geliy borligi ma’lum emas edi», – deydi Angliyaning Ekseter universiteti doktoranti Jessika Spok.

Dunyo atmosferasining yuqori qismida geliy borligiga e’tibor qaratgan Spok infraqizil o‘lchovlar Yer yuziga o‘xshash boshqa sayyoralarning atmosferalarini tadqiq qilish imkonini berishini aytdi.
«WASP-107b» bugungacha kashf etilgan boshqa sayyoralar orasida eng past intensivga ega. Yupiter bilan bir xil o‘lchamga ega, lekin massasi uning 12 foiz massasiga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring