Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«WhatsApp» endilikda yolg‘on xabarlar va spamlarni bloklaydi

«WhatsApp» endilikda yolg‘on xabarlar va spamlarni bloklaydi

Yangi funksiya hozircha servisning iOS-versiyasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Foto: «4PDA»

Dunyodagi eng mashhur messenjerlardan biri «WhatsApp» servisi dasturchilari o‘z platformasida yolg‘on xabarlar tarqalishiga nuqta qo‘yishmoqchi. Bundan tashqari, ular messenjerni spamlardan maksimal darajada tozalashni ham maqsad qilishgan, deb xabar berdi «4PDA».

Ma’lumotlarga ko‘ra, buning uchun messenjerga yangi ogohlantiruv tizimi o‘rnatiladi. Ushbu tizim spamlarning tarqalish xavfi haqida foydalanuvchilarni ogohlantiradi. Agar bitta xabar 25 martadan ortiq yuborilsa, servis foydalanuvchini yuborilayotgan ma’lumot spam ekanligidan ogoh etadi.

Agar siz o‘sha xabarni 25 martadan ortiq yuborishni istasangiz «Broadcast List» funksiyasidan foydalanishingizga to‘g‘ri keladi. «Broadcast List» funksiyasi xabarni bir vaqtda bir nechta odamga yuborish imkonini beradi. Ammo xabarlarni faqat sizning raqamingizni o‘z telefoni xotirasiga saqlab qo‘yganlar qabul qila oldi.

Yangi funksiya hozircha servisning iOS-versiyasida sinovdan o‘tkazilmoqda. U qachondan boshlab amalga kiritilishi hali noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring