Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«WhatsApp»da raqamni o‘zgartirish funksiyasi paydo bo‘ldi

«WhatsApp»da raqamni o‘zgartirish funksiyasi paydo bo‘ldi

Foto: «Hi-News»

«Telegram» bilan o‘tgan hafta sodir bo‘lgan ommaviy uzilishdan so‘ng, ko‘pchilikning yodiga tushib qolgan «WhatsApp» messenjerida raqamni o‘zgartirish funksiyasi ishga tushdi.

Mazkur yangilik yangilangan «Android» operatsion tizimiga qo‘shilgan. Shuningdek, u yaqin orada «iOS» va «Windows»lar uchun ham paydo bo‘ladi, deb xabar berdi «MobInfo.uz».

Yangi funksiya barcha ma’lumotlarni bir raqamdan boshqa bir telefon raqamiga o‘tkazish imkonini beradi. Bunda hatto ogohlantirish kelmasligi ham mumkin. Yozishmalar tarixi, mediafayllar va boshqa ma’lumotlar to‘liq hajmda saqlanadi. Ma’lumotlarni yangi raqamga o‘tkazishni foydalanuvchining o‘zi tanlaydi, shu bilan birga u bu haqida kimni ogohlantirish kerak yoki kerak emasligini ham o‘zi hal qiladi.

Ommaviy guruhlarda raqam o‘zgargani haqida xabar boradi.

Ayni vaqtda mazkur funksiya «WhatsApp»ning «Android 2.18.97» tizimiga mo‘ljallangan versiyasida sinovdan o‘tkazilmoqda. Messenejerning yangi funksiya o‘rnatilgan versiyasi aprelda taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, «WhatsApp» dasturchilari yozishmalarni o‘chirib tashlash funksiyasini takomillashtirgan edi. Endilikda xabarlar jo‘natilgan bo‘lsa, uni hatto boshqa qurilmadan turib ham o‘chirish mumkin. Faqatgina xabar jo‘natilganiga 68 daqiqadan oshmagan bo‘lishi kerak.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring