Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Wi-Fi BUS» avtobuslarida internetdan foydalanish muddati 2018-yil oxirigacha uzaytirildi

«Wi-Fi BUS» avtobuslarida internetdan foydalanish muddati 2018-yil oxirigacha uzaytirildi

Foto: «UZMOBILE»

O‘tgan yili «UZMOBILE» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan «Wi-Fi BUS» dasturi amalga oshirilgan edi. Ushbu loyihaga aholi tomonidan katta talab kuzatilgani tufayli, dasturni 2018-yilning 31-dekabrigacha uzaytirishga qaror qilindi, deyiladi «UZMOBILE» ma’lumotida.

Avvalgidek, yo‘lovchilar «Wi-Fi BUS» belgisi o‘rnatilgan avtobuslarda «UZMOBILE»ning yuqori tezlikdagi 4G internetidan foydalanishlari mumkin. Bular shaharning olti — 10, 14, 24, 28, 51, 95-yo‘nalishlardagi avtobuslaridir.

Yo‘lovchilar «Wi-Fi BUS»da faqatgina «ZiyoNet» ta’lim portali resurslaridan  foydalana olishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring