Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Wi-Fi texnologiyalarini rivojlantirish uchun yana bir qulaylik yaratildi

O‘zbekistonda Wi-Fi texnologiyalarini rivojlantirish uchun yana bir qulaylik yaratildi

Wi-Fi texnologiyasi asosida keng polosali ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini rivojlantirish borasida yana bir qulaylik yaratildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda har bir aniq turdagi ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i radioelektron vositalari, shu jumladan radiomostlar uchun radiochastota spektri foydalanuvchisi tomonidan ushbu radioelektron vositalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish, chet eldan olib kirish va ulardan foydalanishda Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining alohida qarorlarini rasmiylashtirmasdan foydalanishga ruxsat berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi radiochastota organlari bilan o‘rtacha 30 kun davomida kelishish protseduralari takomillashtirilib, ushbu muddatni 3 ish kuni ichida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, Wi-Fi tarmog‘i radioelektron vositalarining effektiv izotrop nurlanish quvvati 100 mVtdan oshmagan taqdirda, hech qanday ruxsat etuvchi hujjatlar rasmiylashtirilmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanishga ruxsat etildi. Bunda bino ichida va tashqarisida joylashuvi bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilmagan.

Shu o‘rinda, telekommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, elektron davlat xizmatlarining ommabopligini ta’minlash, shuningdek, hududlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun zarur infratuzilmani yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 22 maydagi PQ-4329-son qarorigi muvofiq, Wi-Fi texnologiyasi asosida keng polosali ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini tashkil qilish uchun radioelektron vositaning chiqish quvvatidan qat’i nazar 2.4 GGs va 5 GGs radiochastota diapazonlarida ekspluatatsion yig‘im va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmasligini ta’kidlab o‘tish joiz.

Bu esa, o‘z navbatida, Wi-Fi tarmog‘i radioelektron vositalaridan foydalanayotgan kompaniyalarga va bu turdagi REVni respublikamiz hududiga olib kirish va sotish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga juda katta imkoniyatlar yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring