Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq orasida «Odilboy» nomi bilan tanilgan Mirodil Jalolov garov evaziga ozod qilindi

Xalq orasida «Odilboy» nomi bilan tanilgan Mirodil Jalolov garov evaziga ozod qilindi

«Zeromax» kompaniyasining sobiq ijrochi direktori Mirodil Jalolovga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi o‘zgartirildi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasiga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Ayni vaqtda Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va boshqa moddalari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan Mirodil Jalolovga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda», — deya qayd etgan nashr suhbatdoshi.

Ma’lum qilinishicha, 8-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi ehtiyot chorasiga o‘zgartish kiritgan.

Sud Mirodil Jalolovni JKning 167-modda 3 qism «a» bandi (ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 228-modda 2-qism «a» va «b» bandlari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) hamda 228-modda 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish) bo‘yicha aybdor deb topdi.

Sud qarori bilan sudlanuvchiga 17,687 mln so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Mirodil Jalolov 2017-yil fevralida hibsga olingan edi.

Shveysariyada ro‘yxatga olingan «Zeromax GmbH» kompaniyasi O‘zbekistonda 2005-yilda o‘z faoliyatini boshlagan edi. Kompaniya O‘zbekiston iqtisodiyotining keng jabhalari, jumladan oziq-ovqat, to‘qimachilik va paxta sanoati, energetika va sport faoliyat yuritdi.

Shuningdek, u xalq orasida «Odilboy» nomi bilan va «Bunyodkor» klubida katta transferlar amalga oshirgani bilan ham tanilgandi. 

2010 yil oktyabrida «Zeromax» bankrotlik to‘g‘risida rasman e’lon qildi va kompaniya aktivlari davlat foydasiga musodara qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring