Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosarlarini tayinladi va ular bugun vazirlik xodimlariga tanishtirildilar. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari vazifasini bajarib kelgan Alisher Umarov Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, vazir o‘rinbosari vazifasini bajarib kelgan Atabek Nazirov va Sarvar Babaxodjayev vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Xalq ta’limi vaziriga yana ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Ulardan biri Dilshod Kenjayev ayni vaqtda faoliyatini Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida boshlagan Alisher Sa’dullayev o‘rnini egalladi.

Bungacha Kenjayev Dilshod Mutalibovich Vazirlar Mahkamasi madaniyat-san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentining yoshlar siyosati va ma’naviy rivojlantirish masalalari sho‘’basi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Yana bir bo‘sh turgan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga Ibrohim Jo‘rayev tayinlandi. U hududiy boshqarmalar faoliyatini hamda maktablarni qurish, ta’mirlash va jihozlash masalalari bo‘yicha javobgar bo‘ladi.

Ibrohim Jo‘rayev davlat xizmatida oxirgi ish joyi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida vazir o‘rinbosari lavozimi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring