Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq ta’limi vazirligi AKT sohasidagi kompaniyalarni hamkorlikka chaqiradi

Xalq ta’limi vazirligi AKT sohasidagi kompaniyalarni hamkorlikka chaqiradi

Xalq ta’limi vazirligi texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga maktablarda AKTni joriy etish yo‘lida davlat-xususiy sherikchiligi ko‘rinishida hamkorlik qilishni taklif qiladi.

Hamkorlik, asosan, axborotlashtirish masalalari, biroq faqat shu bilan cheklanmagan yo‘nalishda bo‘ladi:

1. O‘quv tarbiya jarayoni;

2. Boshqaruv jarayoni;

3. Menejmentni moliyalashtirish;

4. Kadrlar bo‘yicha resurslar;

5. AKTni o‘qitish.

Shu bilan birga, hamkorlardan tez sotish yoki bir martalik daromad ko‘rishni emas, balki jamiyat farovonligi yo‘lida va o‘zaro manfaatni ko‘zlab uzoq muddatli hamkorlikni afzal bilishi talab etiladi.

Quyidagilar hamkorlik uchun qat’iy shartlar hisoblanadi:

1. Xalq ta’limini modernizatsiyalash, ortiqcha byurokratiya va  qog‘ozbozlikni kamaytirish, sarf-xarajatlarni qisqartirish, ta’limning barcha uchun barobarligini va davlatning jamiyatga ochiqligini oshirish hamda korrupsiya xavfini yo‘q qilishga intilish.

2. Hamkor kompaniya moliyalashtirish Xalq ta’limi vazirligi yoki uning bo‘linmalari, maktab va o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilishini kutmaydi. Ota-onalar va bolalar uchun xizmatlar pullik bo‘lishi mumkin, biroq faqatgina ixtiyoriy ravishda amalga oshirilib, hech qanday to‘lovlarga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bevosita potensial iste’molchilarga (5,2 mln bola, 10 mlndan ortiq ota-ona) marketingga oid va boshqa ma’lumotlar, reklama va «big data» xizmatlarini ko‘rsatish orqali monetizatsiya qilish imkoni bo‘ladi.

3. Maktablargacha ma’lumotlarni yuborish tarmoqlari infrastrukturasi davlat tomonidan hal qilinishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga maktab ichida infrastruktura (lokal tarmoq) va ma’lumotlar ombori (data markaz)lar rivojlanishi masalalari asosan hamkor kompaniya hisobida bo‘ladi. Shuningdek, infrastruktura masalalari yechimi hamda mobil aloqa orqali ma’lumotlarni yuborish ham hamkor kompaniya hisobida bo‘lishi mumkin.

4. Hamkor kompaniya shu kabi sistemalar ishlab chiqarish va amalga tatbiq qilishi bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi kerak. Kuchli yuklangan sistemalarni tuzish va ko‘p sonli foydalanuvchilar bilan tijoratlashtirish muhim ustunliklar hisoblanadi. Hamkorlik haqidagi takliflar quyidagi elektron pochta manzillari orqali: ict@xtv.uz yoki ict.uzedu@gmail.com 2018-yil 20-avgustiga qadar qabul qilinadi.

Telefon: 0(371) 202-13-93 (ichki raqami 103)

Biz tez foyda ko‘rishni emas, birgalikda tarix yaratishni taklif qilyapmiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring