Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma va bo‘lim boshliqlari nega ishdan bo‘shatilgani ma’lum bo‘ldi

Xalq ta’limi vazirligi boshqarma va bo‘lim boshliqlari nega ishdan bo‘shatilgani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Xabar berganimizdek, bugun Xalq ta’limi vazirligida Sherzod Shermatov ishtirokida press-brifing o‘tkazildi. Unda «Xabar.uz» muxbirlari ham ishtirok etdi.

Tadbirda Sherzod Shermatov vazirlik boshqarma va bo‘lim boshliqlarining nima uchun ishdan bo‘shatilganiga izoh berdi.

«Har doim aytib kelamiz — bizda savodxonlik darajasi to‘qson to‘qqiz foiz. Lekin bugungi imloviy xatolarga qarasak, bu raqam qanchalik to‘g‘ri?

«Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda savodxonlik masalasi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Va vazirlik boshqarma hamda bo‘lim boshliqlarini vazifasidan ozod etish bo‘yicha alohida topshiriq ham berildi. Vazirlikni xuddi oq qog‘ozda boshlagandek boshlanglar, deyildi.

O‘ylaymizki, yoshlarimizning savodxonlik darajasini ko‘tarish ham oson ish emas. Ammo shu ishni bajarmasak, kelajagimizda katta ijobiy o‘zgarish bo‘lmaydi», — dedi Shermatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring