Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XTV sumkasidan pnevmatik avtomat topilgan o‘quvchi yuzasidan izoh berdi

XTV sumkasidan pnevmatik avtomat topilgan o‘quvchi yuzasidan izoh berdi

Foto:«Repost»

Bugun 21-fevral kuni Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi sumkasidan pnevmatik avtomat va o‘q topilgani xabar qilingan edi.

Xalq ta’limi vazirligi mazkur voqeaga munosabatini bildirdi. Jumladan vazirlik xabarida shunday deyiladi: «Mazkur holat maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan aniqlangan va maktab ma’muriyati mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tuman IIBga murojaat qilgan. Qo‘shimcha surishtiruv ishlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIBga o‘quvchi va uning ota-onasi chaqirtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-son qarori 2-bandiga muvofiq, pnevmatik qurol o‘qotar qurolga kirmasligi to‘g‘risida tushuncha berilgan va mamlakatimizda pnevmatik qurollar savdosiga hech qanday cheklov o‘rnatilmagan.

Vazirlik tomonidan maktab rahbarlariga ota-onalar bilan majlislar o‘tkazib, bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi».

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi ota-onalarni farzandlariga jamoat joylarida, jumladan, maktab hududiga bu kabi buyumlarni olib kelmasligi haqida tushuntirishlar berishga chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring