Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xalqaro sho‘rva» kunini «Okeandagi plastik sho‘rva» kuni deb o‘zgartirish taklif etildi

«Xalqaro sho‘rva» kunini «Okeandagi plastik sho‘rva» kuni deb o‘zgartirish taklif etildi

Greenpeace tomonidan 5 apreldagi Xalqaro sho‘rva kunini Xalqaro plastik sho‘rva kuni deb o‘zgartirish taklif etildi. Bu o‘rinda ingliz tilidagi single-use plastic (SUP) atamasidan so‘z o‘yini sifatida foydalanish maqsad etilgan. O‘zbek tiliga tarjima qilinganda SUP — sho‘rva, degan ma’noni beradi.

Bugungi kunda sho‘rva deb faqat taomni emas, balki boshqa narsalarni ham aytishadi. Masalan, dengiz sho‘rvasi deb chiqindilarga boy bo‘lgan dengiz suviga aytiladi. Ingliz tilida esa single-use plastic (SUP) – bir martalik plastik idish demakdir.

Har yili dunyo okeaniga insoniyat tomonidan 12,7 mln. tonna. plastik chiqindi tashlanadi. Oqibatda ko‘plab dengiz jonivorlari halok bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring