Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro tranzit yuk tashish narxlari 60 foizga chegirma qilindi

Xalqaro tranzit yuk tashish narxlari 60 foizga chegirma qilindi

2018-yil 22-23-fevralda Tbilisi shahrida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «Gruziya temir yo‘llari» AJ vakillari bilan o‘zaro hamkorlik muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar davomida tomonlar yangi temir yo‘llarning rivojlanishi, modernizatsiyalashtirish, rekonstruksiya, qurilish va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida, shuningdek, yuk tashish hajmini oshirish choralari, yuk jo‘natuvchilar uchun qulay sharoit yaratish va poyezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash borasida so‘z bordi.

A.Kamolov va A.Nikolaishvili shartnoma imzolamoqda.
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

«Gruziya temir yo‘llari» AJ direktori o‘rinbosari, Gruziya delegatsiyasi rahbari A.Nikolaishvili test sharoitida ishlayotgan konteyner yuk tashuvchi yangi yo‘nalish «Baku - Tbilisi - Kars» haqida ma’lumot berdi. Ushbu yo‘nalishga test sharoiti yakunlangandan so‘ng yuk tashish oqimini oshiradigan choralar ko‘riladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston delegatsiyasi vakili A.S.Kamolov yangi «Andijon» multimodal transport-logistik markazi, shuningdek, undan Xitoy Xalq Respublikasigacha va qaytishda foydalanish uchun barcha zarur sharoitlar mavjudligi haqida ma’lumot berdi. O‘z navbatida «Gruziya temir yo‘llari» AJ rahbariyati ushbu transport logistik markazidan foydalanishdan manfaatdorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida temir yo‘l transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro transport koridoridan samarali foydalanish va tranzit yuk tashish hajmini oshirish maqsadida Gruziya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo yuk tashish narxlariga 50 foiz va qo‘shimcha 10 foiz chegirma joriy etilganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring