Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi xodimi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida dars o‘tmoqda

Xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi xodimi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida dars o‘tmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi xodimi professor Gregori Glison O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari bilan yangi «Xalqaro xavfsizlik» nomli kurs ustida hamkorlikda ish olib bormoqda. 

Ushbu kurs joriy yilning dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Gregori Glison qo‘shma nazariy mashg‘ulotlar doirasida Qurolli Kuchlar akademiyasi qo‘mondonlik-shtab fakulteti tinglovchilari va professor-o‘qituvchilari uchun mintaqa va xalqaro xavfsizlikka oid dolzarb masalalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Glison xavfsizlik masalalari tadqiqoti markazi professori hisoblanadi, u Kaliforniya universitetida politologiya bo‘yicha doktorlik darajasini olgan. Ilmiy-pedagogik faoliyatini Nyu-York, Mayami va Nyu-Meksika universitetlarida «Politologiya», «Davlat boshqaruvi va iqtisod» hamda «Xalqaro munosabatlar» yo‘nalishida olib borgan. Xalqaro munosabatlar va siyosiy rivojlanish bo‘yicha ko‘plab ilmiy maqolalar muallifi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari Qo‘mondonlik-shtab kolleji hamda Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi bilan so‘nggi yilda «Harbiy ta’limni takomillashtirish» va «AQSh Mudofaa vazirligi maslahatchisi» kabi dasturlarini ishga tushirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring