Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xiaomi» sun’iy intellektga ega arzon dron yaratdi

«Xiaomi» sun’iy intellektga ega arzon dron yaratdi

Foto: «Nv.ua»

«Xiaomi» kompaniyasi «Funsnap» kompaniyasi bilan birgalikda sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlovchi «Drone iDol» uchuvchisiz boshqariladigan qurilmasini yaratdi. Dron avtomatik ravishda odamlarni, ob’yektlarni kuzatishi, ularni suratga olishi mumkin, deb xabar berdi «NV.ua».

Yangi dronning uzunligi 23 santimetrga, og‘irligi esa 360 grammga teng. Bundan tashqari qurilmani yig‘ish mumkin. Dronda akkumulyator moduli mavjud. Shu bilan birga batareya sig‘imi 1800 mA/soatni tashkil etadi, bu orqali qurilma qo‘shimcha 10 daqiqa uchishi mumkin.

«Drone iDol» modelini mobil telefondagi Wi-Fi orqali boshqarish mumkin. «iDol»ning asosiy funksiyasi FHD o‘lchamda video va suratga olish qobiliyatiga ega kamerasidir. Fotoni ham, videoni ham real vaqt rejimida smartfonga yozib olish mumkin. Bunda maxsus dastur kerak bo‘ladi.

«Optik oqim va ultratovushli joylashishni aniqlash sirtlarga ko‘proq moslashuvchanlikni ta’minlaydi, shuningdek, optik barqarorlik «GPS» signalisiz ham ta’minlanadi», — deya ta’kidlanadi yangi gadjetga keltirilgan ta’rifda.

«Drone iDol» drogini 130 dollarga sotib olish mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring