Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Afg‘onistonda harbiy lager qurmoqda

Xitoy Afg‘onistonda harbiy lager qurmoqda

Foto: «Haber7.com»

Xitoy Afg‘onistonda terrorizmga qarshi kurashish maqsadida harbiy lager qura boshladi, deya xabar beradi «Haber7.com». 

«South China Morning Post» gazetasining Xitoy Qurolli kuchlariga yaqin manbaga tayanib ma’lum qilishicha, Xitoy hukumati terrorizmga qarshi kurashish maqsadida Afg‘onistonnning Badaxshon viloyatidagi «Vahan» yo‘lagida harbiy lager qura boshlagan.

Lager barpo etib bo‘lingach, Xitoy Afg‘onistonga bir batalon harbiy jo‘natishni rejalashtiryapti.

«Vahan» yo‘lagi Xitoy g‘arbidagi Sinjon viloyatiga 350 kilometr masofada joylashgan. 

Xitoy so‘nggi 3 yilda Afg‘onistonga 70 million AQSh dollari miqdorida yordam ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring