Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy Afrikaga 60 milliard dollar ajratdi

Xitoy Afrikaga 60 milliard dollar ajratdi

Foto: «RIA Novosti»

«FOCAC-2018» forumi tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan XXR raisi Si Szinpin o‘z mamlakati Afrikaga yordam tariqasida 60 milliard dollar ajratishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Life».

Bu mablag‘ning 15 milliardi beg‘araz yordam sifatida, 20 milliardi foizsiz qarz sifatida beriladi. Shuningdek, rivojlanish loyihalarini kreditlash fondi tuziladi va buning 10 milliard dollar ajratiladi.

Qolaversa, Xitoy rahbarining so‘zlariga qaraganda, Afrika mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 146 million dollar berilib, 500 nafar xitoylik mutaxassis agrosektorni rivojlantirish uchun jo‘natiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring