Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy shimolida yana bir inson vabo qurboniga aylandi

Xitoy shimolida yana bir inson vabo qurboniga aylandi

Foto: «24 Kanal»

Xitoy shimolida vabo tarqalgani va bir inson vafot etgani haqida kecha xabar bergandik.  Bayan-Nur shahri (Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumani) hokimiyati yana bir inson vabo qurboniga aylaganini ma’lum qildi.

Shaharda yil oxiriga qadar epidemiologik xavfning uchinchi darajasi (kuchaytirilgan shakli) joriy etilgan.

Xitoy shimolidagi dasht hududlari hamda qo‘shni Mo‘g‘ulistonda ba’zida vabo tarqalishi kuzatiladi. Mahalliy aholi ayni kasallik tarqatuvchilari hisoblangan kemiruvchi jonivorlarning go‘shtini iste’mol qilishi buning asosiy sababchisidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring