Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy xalq ta’limi vazirligining qarori Osiyoning eng qimmat kompaniyasi nomini o‘zgartirdi

Xitoy xalq ta’limi vazirligining qarori Osiyoning eng qimmat kompaniyasi nomini o‘zgartirdi

Foto: «Epochtimes.ru»

«Tencent» internet-kompaniyasining qiymati 31-avgust kuni 20 mlrd. dollarga pasayib ketdi — aksiyalarning bunchalik keskin qulashiga mamlakat hukumati bolalarning uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga qarshi kurash e’lon qilishi sabab bo‘ldi, deya yozgan «Newsru.com».

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy aholisining 450 million nafari uzoqni ko‘ra olmaslikdan aziyat chekmoqda (!), bu mamlakat aholisining qariyb uchdan bir qismi degani.

Miopiya bolalar orasida ko‘p tarqagani, ayniqsa, hukumatni tashvishlantirmoqda. Bunga sabab maktab darslari yuklamasining oshib ketgani, smartfon va boshqa elektron qurilmalardan ko‘p foydalanish hamda jismoniy faollikning kamligidir.

Mamlakat xalq ta’limi vazirligi taklifiga binoan 30-avgustdan kuchga kirgan qaror yangi onlayn o‘yinlarga ruxsatnomalar berishni, qolaversa, bolalar va o‘smirlarning o‘yinlarga sarflaydigan vaqtini cheklashni ko‘zda tutadi.

Bu qaror Xitoydagi eng yirik o‘yinlar kompaniyasi bo‘lmish «Tencent»ga qattiq zarba bo‘ldi.

Aksiyalarining qadrsizlanishi tufayli «Tencent» Osiyoning «eng qimmat kompaniya»si nomini ham yo‘qotdi, endi eng qimmat — «Alibaba Group».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring