Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy endi yanada yaqin

Xitoy endi yanada yaqin

Adliya vazirligi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turizm, madaniyat va investitsiyalar sohasida aloqalarni rivojlantirish markazini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda Adliya vazirligining axborot xizmati xabar berdi.

Markaz O‘zbekiston va Xitoy fuqarolarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi o‘zaro rejalarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.

2018-yil 12-aprel kuni Adliya vazirligida o‘tkazilgan uchrashuvda ta’sischi — Xu Yushenga markazning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi va muassasaning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

O‘z o‘rnida Xu Yushen O‘zbekistonda xorijiy hamkorlarga yaratilgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik izhor qilib, kelgusida markaz O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlanish hamda O‘zbekistonga investitsiyalar jalb qilinishida ko‘maklashishini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring