Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda 2021-yilda qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

Xitoyda 2021-yilda qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Freepik»

Dunyoning aholisi soni eng ko‘p mamlakati — Xitoyda 2021-yilda aholi soni 1,412 mlrd. kishiga yetdi. Xitoy davlat statistika boshqarmasi ma’lum qilishicha, Gonkong, Tayvan va Makao aholisi ushbu statistikada ko‘rsatilmagan.

O‘tgan yili Xitoyda jami 10,62 mln. nafar chaqaloq dunyoga keldi (har ming kishiga — 7,52 nafar chaqaloq).

Xitoy (qit’a qismi) aholisi 480 ming kishiga ko‘paydi. Mamlakatning materik qismida 723,11 mln. erkak va 689,49 mln. ayol yashayapti.

Shahar aholisi 12,05 mln. kishiga ko‘payib, jami 914,25 mln.ni tashkil etdi. Qishloqlar aholisi esa 11,57 mln.ga kamayib, ayni paytda 498,35 mln. nafarni tashkil etmoqda.

Xitoy hukumati 2021-yilning avgustida «Aholi va oilani rejalashtirish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritgan va oilalarga uch nafargacha farzandli bo‘lishga ruxsat berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring