Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda 780 million kishining harakatlanishi cheklab qo‘yildi

Xitoyda 780 million kishining harakatlanishi cheklab qo‘yildi

Foto: EPA / UPG

Koronavirusning tarqashi Xitoyda qariyb 780 million nafar fuqaroning harakatlanishini cheklab qo‘ydi. Bu haqda 18-fevral kuni CNN xabar tarqatdi.

«Qariyb 780 million kishi harakatlanishning turli cheklovlari sharoitida yashamoqda, xususan, butun Xubey va shimoli-sharqiy Lyaonin provinsiyalari hamda Xitoyning ikki muhim shahri — Pekin va Shanxayda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, eng qattiq choralar koronavirus tarqagan Xubey provinsiyasining to‘rt shahrida qo‘llanilmoqda: Uxan, Xuangang, Shiyan va Syaoganda odamlarning harakatlanishi butunlay taqiqlangan. Bu shaharlarda yashovchilarning xonadonlariga har kuni kundalik ehtiyoj mollari yetkazib berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1868 nafarga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring