Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda egiluvchan akkumulyatorlarning yangi turi ixtiro qilindi

Xitoyda egiluvchan akkumulyatorlarning yangi turi ixtiro qilindi

Foto: «NV.ua»

Xitoylik olimlar egiluvchan intellektual elektronika mahsulotlariga mo‘ljallangan egiluvchan litiyli akkumulyatorni yaratdi. Ixtirochilarning so‘zlariga qaraganda, yangi akkumulyatorlar ancha barqaror, mustahkam va elektr quvvatini o‘zida yaxshi saqlaydi, deb xabar beradi «NV.ua».

Suyuq elektrolitlarni qattiq eletrodlarga quyish orqali yasaladigan an’anaviy batareyalardan farqli o‘laroq, yangi batareyalardagi elektrolitlar ultrayupqa metall plastinalar orasiga joylashadi.

«Mazkur texnologiya sabab materiallar qanchalik egilmasin yoki buralmasin to‘rlar orasidan chiqib ketmaydi», — deydi Dalyans kimyoviy-fizika instituti tadqiqotchisi Chjan Xunchjan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi texnologiya asosida yaratilgan egiluvchan batareyalar dastlabki solishtirma sig‘imni 1600 mA/soatga qadar oshirish imkonini beradi, bu esa odatdagi litiy batareyalarinikidan besh barobarga ko‘p demakdir.

«Bu turdagi batareyalar juda yengil va yuqori energiya zichligiga ega. Ular iqtisodiy jihatdan samarador va ommaviy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan», — deydi Chkan Xunchjan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring