Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda kitob sotuvchisi josuslikda ayblanmoqda

Xitoyda kitob sotuvchisi josuslikda ayblanmoqda

Foto: «Trend.az»

Xitoyning Chjeszyan sharqiy provinsiyasidagi Ninbo shahar xalq sudi asli kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan Shvetsiya fuqarosi Guy Minxayni 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deya xabar berdi «RIA Novosti» sud saytidagi ma’lumotlarga tayanib.

«24-fevral kuni Ninbo xalq sudi o‘z qarorini keng ommaga ma’lum qildi. Unga ko‘ra Guy Minxay chet elga ma’lumotlarni noqonuniy ravishda uzatganlikda aybdor deb topilgan. U 10 yilga qamalgan va 5 yilga barcha siyosiy huquqlaridan mahrum etilgan», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Guy Minxay o‘z aybiga iqror bo‘lgan va apellyasiya berish niyati yo‘q.

Asli kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan Guy Minxay Shvetsiya fuqaroligini qabul qilgan. U Gonkongda kitob do‘koniga egalik qiladi. U 2015-yilda Taylandda o‘z uyida g‘oyib bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay uning Xitoydagi turmada ekanligi ma’lum bo‘lgan. Xitoy hukumati uni davlat sirlarini fosh etishda ayblamoqda. Uning qizi, Shvetsiya fuqarosi Angela Guy otasini ozod qilish uchun astoydil harakat qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring