Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda sotuvdagi muzqaymoqda koronavirus topildi

Xitoyda sotuvdagi muzqaymoqda koronavirus topildi

Foto: EPA/UPG

Xitoyning Tyanszin munitsipalitetida sotuvga chiqarilgan muzqaymoqda koronavirus izlari topildi. Ishlab chiqaruvchi-kompaniya «Tianjin Daqiaodao Food Company» mahsulot uchun xom ashyoni, xususan, quruq sutni Yangi Zelandiyadan, quruq zardobni Ukrainadan import qilgan, yozmoqda «Sky News».

«Kovid-muzqaymoq»ning ushbu partiyasi to‘liq sotuvdan olingan. Kompaniyaning 1,5 ming nafardan ortiq xodimi karantinga qamalib, barchasi testdan o‘tkazilgan.

Lids universiteti virusologi, doktor Stiven Griffin «bir martalik» bu holatdan xavotirlanmasa ham bo‘ladi degan fikrda.

Hukumat muzqaymoq sotib olgan fuqarolarga o‘z salomatliklari haqida xabar berishlarini tavsiya qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring