Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoylik o‘quvchilar har 30 soniyada tekshirilmoqda

Xitoylik o‘quvchilar har 30 soniyada tekshirilmoqda

Foto: «Pinterest»

Xitoy hozirda o‘z fuqarolarini kuzatish borasida dunyoga yetakchiga aylanib ulgurdi. Yaqinda mamlakatda yaratilgan maxsus datchiklar o‘g‘ri va jinoyatchilarni aniqlashda foydalanilayotgani haqida xabar berilgan edi. Endilikda yuzni tanish texnologiyasi Xanchjou maktabi o‘quvchilarini kuzatish uchun ham foydalanilmoqda, deb xabar berdi «Hi-News».

Har 30 soniyada yuzni tanishga qodir texnologiya Xanchjoudagi 11-sonli maktabning yuqori sinf o‘quvchilari xonasidagi bolalarni kuzatib turadi. U o‘quvchilarning ahvolini — jahli chiqqanini, xursandligini, qo‘rqqanini yoki xafa bo‘lganini aniqlab, alohida-alohida ma’lumot berib turadi. Bundan tashqari tizim o‘quvchilar harakatini tushunadi, ular yozayotganini, o‘qiyotganini, o‘qituvchiga javob qaytarayotgani yoki dars vaqtida uxlayotganini aniqlay oladi.

Bu kabi kuzatuv tizimi orqali birinchi navbatda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsad qilingan, bundan tashqari bu turdagi texnologiya o‘quv muassasalarida noxush hodisalar oldini olishga ham xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring