Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyliklar haydovchisiz boshqariladigan elektrogirokarni yaratdi

Xitoyliklar haydovchisiz boshqariladigan elektrogirokarni yaratdi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Xitoyning «Beijing Lingyun Intelligent Technology» kompaniyasi avtonom boshqariladigan ikki o‘rindiqli «Lingyun 1703» elektromobilini yaratdi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

«Lingyun 1703» o‘z tashqi ko‘rinishi bilan mototsiklni eslatadi: unga atiga ikkita g‘ildirak o‘rnatilgan, ichida bitta o‘rindiq bo‘lsa-da, ikkita eshikka ega.

Girokarning uzunligi uch metrga, eni esa atiga 1 metrga teng. Uning o‘ziga xos jihati — salondagi o‘rindiq ostiga girsokop o‘rnatilgan bo‘lib, bu elektromobilga gorizontal holatini saqlab qolishda yordam beradi.

Mashina harakatsiz turganida ham muvozanatni saqlab qolishi uchun muhandislar eshik ostiga qo‘shimga yig‘ma g‘ildirak joylashtirgan. Girokar avtonom harakatlanishga mo‘ljallangani sabab uning ichida an’anaviy boshqaruv tizimlari mavjud emas: yo‘lovchining qarshisidan birgina ko‘ngilochar tizimlardan iborat monitor o‘rin oladi. Mazkur mashinaning maksimal tezligi 100 kilometr/soatga teng. Bir marta quvvatlanish orqali deyarli 100 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir.

Loyihaga ko‘ra, «Lingyun 1703» yiliga 5-10 ming nusxada ishlab chiqariladi va uning narxi 15 ming dollar atrofida bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring