Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan bosh shifokor vazifasidan ozod etildi

Xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan bosh shifokor vazifasidan ozod etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgan, xalq roziligini bosh maqsad qilib qo‘ymay, ishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan   rahbarlarga keskin choralar ham ko‘rilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi faoliyati o‘rganilganda, ayni shu kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu bois o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi bosh shifokori A.Zufarov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

«Bugun rahbar kadrlarga qo‘yiladigan talab va ular yelkasidagi mas’uliyat har qachongidan ham ortmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlanganidek, har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart. Ushbu talab barcha sohalar qatori tibbiyot tizimi boshqaruv organlari rahbarlari uchun ham daxldor. Bugungi kun talabiga javob bera olmagan rahbar esa xalqimizni rozi qilib, mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘sha olmaydi», — deyiladi vazirloik ma’lumotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring