Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xodim qancha maosh olishi kerak?

Xodim qancha maosh olishi kerak?

Shartnomada va xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda shunday deb yozilgan: «Shtat jadvaliga ko‘ra haq to‘lanadi». Aslida Mehnat kodeksiga muvofiq qanday yozilishi kerak? Bu savolga ekspert Abdusalom Risqullayev javob beradi.

— Mehnat shartnomasi va ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda xodim mehnatiga haq to‘lash shartlari qayd etilgan bo‘lishi lozim. Biroq ko‘pincha bu masalaga yuzaki yondashib: «Shtat jadvaliga ko‘ra haq to‘lanadi» deya yozib qo‘ya qoladilar. Bu xato, uni Mehnat kodeksi talablariga muvofiq tuzatish kerak.

MKning 153-moddasiga muvofiq, mehnat haqining miqdori taraflar o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Taraflar korxonada belgilangan tartibga muvofiq ish haqi to‘lanishi yuzasidan kelishib olishlari mumkin. Bunda mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.

Shu bilan birga MKning 73-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasida va buyruqda mehnat haqi miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Aniq summani (tarif stavkasi yoki maosh), shuningdek mehnatga haq to‘lash tizimini (ishbay yoki vaqtbay-mukofot) ko‘rsatgan ma’qul. Muddatsiz shartnomalar tuzilganda esa inflyasiya va narxlar oshishini hisobga olgan holda indeksatsiya qilinishi ham qayd etilsa, to‘g‘ri ish qilingan bo‘ladi.

Manba: norma.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring