Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati hokimi Peterburg iqtisodiy Forumida ishtirok etdi

Toshkent viloyati hokimi Peterburg iqtisodiy Forumida ishtirok etdi

Foto: «AiF»

2018 yilning 25 may kuni Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov  Peterburg iqtisodiy Forumi doirasida Orenburg Gubernatori Yuriy Berg bilan uchrashdi. Forumda jahon hamjamiyatidagi ishonch, xalq, biznes va davlat o‘rtasidagi munosabatlar masalasi muhokama qilindi.

Toshkent viloyati hokimi o‘z nutqida yoqilg‘i sanoati, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida yuqori potensialga ega bo‘lgan Orenburg viloyati bilan hamkorlik o‘rnatishni yuqori baholadi. Shuningdek, Toshkent viloyati uchun Orenburgning iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi ilmiy-o‘qitish tizimi e’tiborga molik ekanini ta’kidladi.

Tomonlar urug‘chilik, junni qayta ishlab, tayyor mahsulot hosil qilish sohalarida hamkorlik o‘rnatishni muhokama qildilar.

Forumda boy mineral resurslar, rivojlangan infratuzilma va malakali ish kuchi Toshkent viloyatiga investitsiya kiritish, kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik, rangli metallarni qayta ishlash, yengil sanoat tarmoqlari hamda ishlab chiqarish va mahsulotlarni qayta ishlash tarmoqlarida hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatida sanoat mahsulotlari, farmatsevtika vositalarini ishlab chiqarishga va baliqchilikka ixtisoslashgan beshta erkin iqtisodiy hudud tashkil etilgan.

Forumda, shuningdek, G‘ulomjon Ibragimov viloyat chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarning ichki bozorga kirib kelishini qo‘llab quvvatlash, qo‘shma korxonalarni tashkil etish, yer uchastkalari va bo‘sh qishloq xo‘jaligi binolarini imtiyozli tarzda taqdim etish, Orenburg viloyatiga yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, ko‘p turdagi quruq mevalarni yetkazib berishga tayyor ekanini bildirdi.

Tomonlar mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashi va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochib berishiga ishonch bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring