Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm viloyatiga kirish va chiqish to‘xtatildi

Xorazm viloyatiga kirish va chiqish to‘xtatildi

Foto:«Xabar.uz»

Xorazm viloyati  viloyat hokimining farmoyishga asosan 2020yil 27 mart kuni soat 15:00dan boshlab, viloyatning barcha tumanlar va shaharlariga, shuningdek respublikaning barcha hududlariga transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) kirish va chiqish harakatlari to‘xtatildi.

Viloyatning tuman (shahar)lariga kirish va chiqishdagi ChEKLOVLAR tashish bilan bog‘liq holatlarga, shuningdek, tuman (shahar)da doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga tuman (shahar)ga kirish uchun, shuningdek, tuman(shahar)dagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan tumanlarga biriktirilgan mas’ul xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tuman (shahar) hududlarini bog‘lovchi asosiy yo‘llardan tashqari ichki aylanma ko‘cha va yo‘llarda harakat taqiqlandi.

Shahar (tuman)ga kirib kelayotgan va chiqayotgan har qanday yuk tashish mashinalari, xodimlar boshqaruvidagi avtomashinalar majburiy dezinfeksiya qilinadi.

Markazga qatnab ishlovchilar onlayn ishlashga o‘tish yoxud mehnat ta’tiliga chiqishlari mutasaddilar tomonidan tushuntirilmoqda

Shu bilan bir qatorda Urganch shahri hududida barcha qatnovlar (yo‘lovchi tashuvchi, onlayn xizmat ko‘rsatuvchi avtomashinalar, avtobus va mikroavtobuslar) harakati to‘xtatildi. Korxonalarning oziq-ovqatlarni xonadonlarga yetkazib berish avtomashinalari harakatlanishi mumkin.

Har bir tuman (shahar)lar hududlariga kirish-chiqishni nazoratga olish va avtomashinalarni dizenfeksiya qilish choralarni ko‘rish maqsadida vaqtinchalik maskan (post)lar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring