Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 12,4 mlrd. so‘mlik soliq qarzlari undirildi

Xorazmda 12,4 mlrd. so‘mlik soliq qarzlari undirildi

Foto: «Xabar.uz»

Xorazm viloyati davlat soliq xizmati organlari hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida soliq to‘lovchilarning budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi soliq qarzdorligini qisqartirish borasida o‘tkazilayotgan qo‘shma tadbirlar mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirishga, qo‘shimcha manbalarni aniqlashga xizmat qilmoqda.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar berishicha, hamkorlikda olib borilgan tadbirlar jarayonida 2249 ta tadbirkorlik sub’yektlarining soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamasdan, faoliyat yuritayotgani aniqlangan. Shundan 946 tasining mol-mulklari xatlovga olindi. 1854 ta qarzdorlarning 12,4 mlrd. so‘mlik soliq qarzlari davlat foydasiga undirildi.

Xususan, Xiva tumanidagi «Xivaneftegazqurilish» korxonasining 317,0 mln. so‘mlik «Solor 210» rusumli ekskavatori va «ISUZU» rusumli avtobusi, Shovot tumanidagi «Shovot mashina traktor parki» MChJning 111,5 mln. so‘mlik «CASE» rusumli traktori va Urganch tumanidagi «Xudargan Umid» xususiy korxonasining 12,4 mln. so‘mlik soliq qarzi yuzasidan korxonaga qarashli yuk ortuvchi transport vositasi sud hujjatlari asosida qarzdorlik hisobiga xatlandi.

Shuningdek, viloyatda budjet va davlat maqsadli jamg‘armalaridan soliq qarzi mavjud jami 35,1 mingta qarzdorlarning 79,4 mlrd. so‘mlik, shundan 12,9 mingta yuridik shaxslarning 68,9 mlrd. so‘mlik, 8,0 ming nafar jismoniy shaxslarning 4,5 mlrd. so‘mlik, 14,2 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlarning 6,0 mlrd. so‘mlik qarzdorligi mavjud. Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 660 nafar shaxsga nisbatan 63,4 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 113 nafar tadbirkorlik sub’yektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring