Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda bir guruh zo‘ravonlar ushlandi

Xorazmda bir guruh zo‘ravonlar ushlandi

Xorazm viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir jarayonida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zga shaxslarni urish-do‘pposlash kabi jinoyatlarni sodir qilib kelgan bezorilar guruhi qo‘lga olingan.

Dastlabki tezkor surishtiruvlar natijasida ushbu guruhga Urganch shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, S.X. boshchilik qilganligi aniqlangan.

Bugungi kunda ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida S.X. bilan birgalikda Urganch shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan, B.E. va Urganch tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, O.M. ham gumonlanuvchi tariqasida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.

Gumonlanuvchilarga tegishli avtomashinalardan urish va tan jarohati yetkazishda foydalaniladigan pichoq, temir bita ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring