Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlararo ikkinchi forum o‘tkaziladi

Xorazmda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlararo ikkinchi forum o‘tkaziladi

Joriy yil 25-26 fevral kunlari Xorazm viloyati Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston – Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hududlarning sanoat salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu forumda ikki mamlakat hududlaridagi ishbilarmon doiralar vakillari, viloyat hokimlari o‘rtasida uchrashuv, yetakchi korxonalar mahsulotlarining ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.

Tadbirda ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring